Oflayn
O‘qituvchi bilan jonli dars, so‘ng Codovda amaliyot. O‘qituvchi har bir ishni tekshiradi va fikr bildiradi.
- Dars
- Codovda amaliyot
- Fikr-mulohaza
Oflayn, onlayn va mustaqil veb-dasturlash kurslari
Veb-dasturlash kurslari — HTML va CSSdan React, Node.js, ma’lumotlar bazalari va sun’iy intellektgacha. Sinfda, o‘qituvchi bilan onlayn yoki platformada mustaqil o‘qing — har bir ishni o‘qituvchi tekshiradi.
Codov — oddiy platforma emas, balki gibrid ta’lim. O‘zingizga qulay formatni tanlang: qaysi birida bo‘lmasin, platforma bilan yolg‘iz qolmaysiz.
Codov=Kurslar+Platforma+O‘qituvchi
O‘qituvchi bilan jonli dars, so‘ng Codovda amaliyot. O‘qituvchi har bir ishni tekshiradi va fikr bildiradi.
Onlayn dars, Codovda topshiriqlar, tekshiruv va fikr-mulohaza — keyin navbatdagi bosqich.
Kursni o‘zingizga qulay vaqtda mustaqil o‘tasiz. Yuborgan har bir ishingizni o‘qituvchi shaxsan tekshiradi va fikr bildiradi.
Codov o‘qituvchiga o‘rgatishda, o‘quvchiga esa o‘rganishda yordam beradi. Testlar va sun’iy intellekt tezkor fikr beradi, yakuniy baho va maslahatni esa jonli o‘qituvchi beradi.
Uch bosqich — asoslardan o‘z mahsulotingizgacha. Qaysi formatda o‘qimang, har bir ishingizni o‘qituvchi tekshiradi.
01 · START
Poydevorni o‘rganasiz
Maqsad: poydevorni tushunish va oddiy masalalarni mustaqil yechishni o‘rganish.
02 · BUILD
Haqiqiy ilovalar yaratasiz
Maqsad: to‘liq veb-ilovalar yaratish.
03 · CREATE
O‘z mahsulotingizni qilasiz
Maqsad: o‘z loyihangiz yoki mahsulotingizni yaratish.
Alohida kurs
Dasturlashni rejalashtirmayapsizmi? Kompyuterda ishonchli ishlashni o‘rganing: hujjatlar, jadvallar va taqdimotlar.
Hammasi bir joyda: darslar, amaliyot, tekshiruv va o‘qituvchi bilan muloqot.
Qisqa mavzular va misollar — ularni darhol ishga tushirib, natijani ko‘rish mumkin.
Kodni to‘g‘ridan-to‘g‘ri brauzerda yozasiz va natijani darhol ko‘rasiz. Hech narsa o‘rnatish shart emas.
Topshiriq yuborishdan oldin testlar bilan tekshiriladi — nima tayyorligi darhol ko‘rinadi.
Sun’iy intellekt xatolarni ko‘rsatadi va ularni qanday tuzatishni tushuntiradi.
Har bir ishni o‘qituvchi ko‘radi: qabul qiladi yoki izoh bilan qaytaradi.
Topshiriq bo‘yicha savolni to‘g‘ridan-to‘g‘ri platformada berish mumkin.
Oflayn, onlayn yoki mustaqil — bizga yozing, guruh yoki kursni tanlab beramiz.
O‘qituvchi shaxsiy kabinet uchun login va parol beradi.
Darslarni o‘ting va kod muharririda topshiriqlarni bajaring.
Fikr-mulohaza oling, xatolarni tuzating va o‘z loyihalaringizni yarating.
Har bir ota-onaning o‘z kabineti bor. Farzandingizdan «o‘qishing qalay» deb so‘rash shart emas — hammasi darhol ko‘rinadi.
Yo‘q. Kurs eng asoslardan boshlanadi, kompyuterdan foydalana olish kifoya.
3 bosqich: START — asoslar (HTML, CSS, JavaScript, Git), BUILD — dasturlash (React, TypeScript, Node.js, SQL va MySQL), CREATE — o‘z loyihangiz (AI, API, advanced backend, deploy). Har bir bosqichda ishlaringizni o‘qituvchi tekshiradi.
Ha. Digital Skills — alohida kurs: Word, Excel va PowerPoint. Dasturlashni rejalashtirmaganlar uchun.
Ha. Darslarni o‘z sur’atingizda o‘tasiz, topshiriqlarni bajarib yuborasiz, o‘qituvchi esa har bir ishni shaxsan tekshirib, fikr bildiradi.
Kompyuter yoki noutbukda o‘qish qulayroq, lekin darslar va topshiriqlar telefondan ham ochiladi.
Platforma va darslar o‘zbek va rus tillarida, tilni istalgan payt almashtirish mumkin.
Avval avtomatik testlar va sun’iy intellekt tezkor fikr beradi, keyin ishni o‘qituvchi tekshirib, baho qo‘yadi.
«Bepul sinab ko‘ring» sahifasida ro‘yxatdan o‘ting — birinchi darslar darhol ochiladi, login — telefon raqamingiz. Guruh o‘quvchilariga login va parolni o‘qituvchi beradi.
Telegramga yozing — o‘qituvchi savollaringizga javob beradi, kurslar haqida aytib beradi va formatni tanlashga yordam beradi.